• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qibrayda yashovchi fuqaro sobiq rafiqasini o‘ldirish uchun 1500 dollar evaziga killer yolladi

    Oliy sud matbuot xizmati sobiq rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yollagan fuqaro haqidagi maqolani e’lon qildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qibraylik Gulnoza Xalilova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Mansur Shoqahhorov bilan 2002-yilda turmush qurdi.

    Turmushlari davomida ular 3 farzandli bo‘ldi va hammasi risoladigidek edi.

    Nima bo‘ldi-yu, kunlardan bir kuni o‘rtalarida janjal chiqdi va oradan 9 yil o‘tib, ajrashishga qaror qilishdi. 2011-yili rasman ajrashishdi. Biroq ko‘rishib turishdi, hatto birga yashashdi.

    M.Shoqahharov 2011-yil boshlarida Rossiyaga ishlash uchun ketdi. Oradan 6 oy o‘tib, Mansur sobiq xotinini Rossiyaga ishlagani taklif etdi.

    - Kel, bu yerda senga ish bor, mo‘may pul ishlab topamiz, - dedi.

    Gulnoza darhol rozi bo‘ldi. Bolalarini onasinikida qoldirib, Rossiyaga ravona bo‘ldi.

    Qarangki, sobiq er-xotin Rossiyada ham birga yashadi. Mansur avtomashina tuzatish ishlari bilan shug‘ullanardi.

    2014-yilda Gulnoza O‘zbekistonga qaytdi. Farzandlari bilan qaynonasinikida yashay boshladi.

    U ketgach, eri o‘sha taraflarda andijonlik Sayyora ismli qiz bilan tanishib qoldi. Uchrashib turishdi. 2015-yil avgust oyida birga yurtga qaytishdi.

    Mansur Sayyoraga rasman uylandi. Ko‘p qavatli uylardan birida yashay boshlashdi. O‘rtalarida bir farzand dunyoga keldi.

    M.Shoqahharov yurtga qaytgach, xususiy firmalardan birida rahbar bo‘ldi. Ishlari ancha yurishdi.

    Gulnoza hamon qaynonasinikida yashar, erining ikkinchi xotini bilan yashashi unga alam qilardi.

    O‘zaro janjallardan charchagan qaynona Gulnozaga uydan chiqib ketishni talab qildi.

    - Qayerga ham borardim, uyim bo‘lmasa, uy olib beringlar chiqib ketay, - yalindi kelin.

    - Hech qanday uy yo‘q senga, tuyog‘ingni shiqillat, bu uydan yo‘qol! -baqirdi qaynona.

    Gulnoza sobiq eridan uy olib berishini talab qila boshladi.

    Mansur hozircha buning imkoni yo‘qligini bahona qildi.

    Ammo sobiq xotin Mansurning 6 sotix uy sotib olib, u yerda ikkinchi xotini Sayyora bilan yashayotganini bilardi.

    Janjallardan bezgan o‘g‘il va ona Gulnozani qurilishi tugallanmagan bir xonali uyga chiqarib yubordi.

    Gulnozaning aytishicha, uy juda xarob ahvolda edi va gaz hidi anqirdi.

    Gulnoza bu uyda yashay olmadi. Yana qaynonasining uyiga qaytib bordi.

    Mansur unga uy sotib olib berishni va’da qildi. Axir o‘rtada 3 nafar farzandi bor. 2019-yil boshlarida Gulnozani yana o‘sha qarovsiz bir xonali uyga yuklari bilan keltirib tashladi.

    Gaz hidi Gulnozani kasal qildi. O‘sha kuni Mansurga qo‘ng‘iroq qildi.

    Bu gaz hidi sening o‘lishing uchun chiqib yotibdi, - deb aloqani uzdi Mansur.So‘ngra Gulnoza nima qilishini bilmay tuman xotin-qizlar qo‘mitasiga qo‘ng‘iroq qildi... U yerdan vakil keldi, ammo biror tayinli ish bo‘lmadi. M.Shoqahharov esa sobiq xotinidan qutulish yo‘llarini qidirdi.

    O‘z qo‘lida ishlovchi Bobur Jo‘rayevni qotillikka yolladi.

    B.Jo‘rayevning sudda bergan ko‘rsatmasida muqaddam sudlanib chiqqani, chilangar ekani, bir muddat Shuhrat ismli sherigi bilan Mansurning uyida ishlaganligi, bir kuni u bilan bo‘lgan suhbatda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib yuborishi evaziga pul taklif qilganligini aytib berdi.

    Ya’ni bir kuni Mansur ustani chaqirib: - Ishlasangiz ham, ishlamasangiz ham, men sizga oylik chiqarib beraman, faqat anavi ishni amalga oshirmasak bo‘lmaydi, - dedi.

    -Niyatingiz jiddiymi?-Shunday! - dedi boshliq.

    Oradan 3—4 kun o‘tib, rahbar yana qo‘ng‘iroq qildi va o‘sha ishni amalga oshirishni eslatadi. Mansur so‘zida qat’iy turib olgan, tezroq birinchi xotinidan qutilishni istardi. “Qilgan jinoyatimizning umuman hidi chiqmasligi kerak”, - dedi u qat’iy.

    “Xizmat haqim nima bo‘ladi?”,  - so‘radi chilangar.

    Mansur avvaliga 2 000 AQSh dollari berishni va’da qildi, keyin va’dasini o‘zgartirib, 1 500 AQSh dollariga tushirdi.

    Uni ham bo‘lib-bo‘lib berishini aytdi. Chilangar ilgari qamalib chiqqan, tabiiyki, yana qamoqqa tushishni istamasdi. Bu yoqda beriladigan pul ham “haligidaqa”.

    U o‘ylab ko‘rib, 11-fevral kuni ertalab, to‘g‘ri Toshkent viloyati IIBga borib, Mansurning odam o‘ldirishga buyurtma berganligi haqida ariza yozib berdi.

    Tezkor guruh ishga kirishdi. Chilangarga ovoz yozuvchi moslama berildi.

    Firma rahbariga go‘yoki chilangar ishni do‘ndirganday qilib ko‘rsatildi. Gulnoza Xalilova “o‘ldirildi”.

    Mansur va chilangar Salar shaharchasida uchrashishdi. Mansur Shoqahhorov dastlabki 400 ming so‘m pulni ustaga berayotgan payt qo‘lga olindi...

    Sudlanuvchi Mansur Shoqahhorov JKning bir necha moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli kaloniyada o‘tash belgilandi.

    17.06.2019, 15:04   Izoh (0)   39515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolarini yuqumli kasallik tarqalgan Bihar shtatiga bormaslikka chaqirdi

    17.06.2019, 14:19

    Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi ortdi

    17.06.2019, 13:59

    Davlat xizmatlari agentligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

    17.06.2019, 13:57

    Deputatlar fikri: Maktablarga pullik qabullarning joriy qilish Konstitutsiyaga zid!

    17.06.2019, 13:40

    Bektemir tumanidagi avtoturargohda yong‘in sodir bo‘ldi

    17.06.2019, 13:30

    Toshkentdagi Amiti universitetiga rektor tayinlandi

    17.06.2019, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.