Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Botirbek Isabekov Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
B.Isabekov ayni paytga qadar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari, “Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik bo‘limi” DUK direktori, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining umumiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Izoh (0)