Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi. A’zo mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga a’zo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Izoh (0)