Ukraina Oliy radasi bosh vazir Vladimir Groysmanning iste’fo haqidagi so‘rovini qondirmadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Groysmanning iste’fosi uchun faqat 97 nafar deputat ovoz berdi. Aslida esa kamida 226 ta ovoz kerak edi.
Vladimir Zelenskiy 20-may kuni inauguratsiya marosimidagi chiqishida Ukraina hukumatini iste’fo berishga chaqirgandi. Shundan so‘ng bir necha soat o‘tib Groysman bunga tayyor ekanligini bildirdi.
Izoh (0)