Rossiya Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvini oldini olish maqsadida Eronga C-400 raketaga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib bermaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar berdi.
Eronning C-400 tizimlarini xarid qilish bo‘yicha iltimosi shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan rad etilgan. Biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotlarga izoh berishni istamagan.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 7—8-may kunlari Rossiyaga tashrif buyurgan edi. U Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashib, prezident Xasan Ruhoniyning maktubini Rossiya prezidentiga taqdim etgan.
Avvalroq, C-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha bitim Anqara va NATOning boshqa davlatlari orasida keskinlikni yuzaga keltirgan edi. Moskva Turkiyaga jami to‘rtta C-400 divizionini 2,5 milliard dollar evaziga yetkazib beradi.
Izoh (0)