Rossiyaning eng kuchli “Yamal-601” telekommunikatsiya sun‘iy yo‘ldoshi “Proton-M” raketa tashuvchisi yordamida Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Raketa tashuvchi start olganidan 10 daqiqa o‘tib, “Briz-M” o‘t oldirish bloki sun’iy yo‘ldosh bilan suborbital trayektoriyada “Proton-M” raketasidan ajraldi.
Kosmik kemani orbitaning kerakli nuqtasiga yetkazish “Briz-M”ning beshta dvigateli yordamida amalga oshirladi. Bu taxminan 9 soat vaqtni talab etadi.
“Yamal-601” sun’iy yo‘ldoshi Thales Alenia Space kompaniyasining Fransiyadagi bo‘linmasi tomonidan “Gazprom” AJ buyurtmasiga asosan yaratilgan.
Izoh (0)