Arab davlatlari Eronga qarshi kurashga to‘la birdamligini bildirib, Saudiya Arabistoni hududini himoya qilish uchun har qanday harakatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Makkada o‘tkazilgan Arab davlatlar ligasining navbatdagi sammitida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Mazkur qarorga Iroq qo‘shilmagan. Mamlakat vakillari Iroq atrofida sodir bo‘layotgan keskinlik urush keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda.
AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Eron jahon bozorida neft narxini ko‘tarish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining to‘rtta tankeriga hujum qilgan.
12-may kuni BAA Tashqi ishlar vazirligi to‘rtta savdo kemasi, jumladan, Saudiya Arabistoniga tegishli bitta neft tankeri Amirlik hududidagi suvlarda hujumga uchragan.
Keyinroq Pentagon ushbu harakatlarga Eronning aloqasi borligi haqida isbot keltirishga va’da bergan. Rasmiy Tehron esa mazkur ayblovlarni inkor etmoqda.
Izoh (0)