AQSh prezidenti Donald Tramp 10-iyundan boshlab Meksikadan keladigan barcha tovarlarga 5 foizdan boj to‘lovini joriy etdi. Bu haqda AQSh rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“10-iyundan boshlab Meksikadan keladigan barcha tovarlarga 5 foizli boj to‘lovi joriy etiladi, bu mamlakatimizga chegaradan noqonuniy o‘tib kelayotgan muhojirlar oqimi to‘xtamaguncha davom etadi”, — deb yozadi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy muhojirlarga bog‘liq muammo bartaraf etilmaguniga qadar boj tariflari o‘sib boraveradi.
Meksika Tashqi ishlar vazirligi AQShning ushbu yangi tariflariga munosib javob qaytarisha va’da bergan.
Izoh (0)