Britaniyalik alpinist Everest cho‘qqisini zabt etganidan so‘ng atigi 150 metr yo‘l bosib, o‘lib qoldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
U dunyodagi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishdan oldin sog‘ligidan shikoyat qilgan. Everest zabt etilganidan 45 daqiqa o‘tib esa to‘satdan yiqilgan va qaytib o‘ziga kelmagan.
Britaniyalik 14-maydan beri Everestga ko‘tarilish jarayonida halok bo‘lgan o‘ninchi alpinist bo‘ldi. Undan tashqari yana 4 nafar hindistonlik, 2 nafar irlandiyalik, AQSh, Avstriya va Nepal fuqarolari ham hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)