Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoyat ishi ochildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Navbatdagi jinoyat ishi, go‘yoki, sobiq prezident tomonidan sud hokimiyati uzurpatsiya qilinishi (qonunga xilof ravishda tortib olinishi)ga aloqador. Bu haqda huquqshunos Andrey Portnov — Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-may kuni Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga, jumladan Pyotr Poroshenkoga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
22-may kuni esa Poroshenko 227 million dollardan ortiq pulni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
24-may kuni ochilgan jinoyat ishi doirasida esa Poroshenko “Kuznitsa na Ribalksom” zavodi savdosida 300 million dollar miqdoridagi jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblandi.
Izoh (0)