Iqtisodchi, SEB banki rahbarining sobiq maslahatchisi Gitanas Nauseda Litva prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichida qo‘li baland kelmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
U saylovchilarning 71,12 foiz ovozini to‘pladi. Raqibi, sobiq moliya vaziri Ingrida Shimonite uchun 27,45 foiz ovoz berilgan. U mag‘lubiyatini tan olib bo‘ldi.
Litva prezidentligi lavozimi uchun 9 nafar nomzod kurashdi. 12-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida Shimonite 31,31, Nauseda esa 30,94 foiz ovoz to‘plagandi. Nomzodlar orasida amaldagi bosh vazir Saulyus Skvernyalis ham bor edi. 19,85 foiz ovoz berilgan Skvernyalis iste’foga chiqishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Litva prezidenti 5 yilga va uzog‘i bilan ikki muddatga saylanadi. 2009-yil may oyidan beri ushbu lavozimni Dalya Gribauskayte egallab kelayotgandi.
Izoh (0)