Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faxriy raisi umrbodlik maqomini oldi. Bu haqda uning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvi davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi Qozog‘iston prezidenti sayti.
Mavlud Chavusho‘g‘li Nazarboyevga bunday maqom taqdim etilishi uning turk dunyosini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan izohlanishini ma’lum qildi.
TIV rahbari prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nomidan Nazarboyevni yaqin orada Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qildi.
Izoh (0)