Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida 13 yoshli o‘smir suv bilan to‘ldirilgan ko‘mir koniga tushib ketgan ikki nafar 10 yoshli bolani qutqargach, cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi hududiy boshqarmasi saytida aytiladi.
“Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Baxtsiz hodisa 24-may kuni Kopeysk shahri tashqarisidagi Bojovo qishlog‘i yaqinida yuz berdi. Ko‘mir koni sohilida dam olayotgan o‘smir ikki bolaning suvga tushib ketganini ko‘rdi va ularga yordamga oshiqdi.
Xabarda qutqarilgan bolalarning ahvoli haqida ma’lumot keltirilmagan.
Izoh (0)