Xitoyning Shandong provinsiyasida gaz sizishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Hodisa Sharqiy Fujian viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan yuk kemasida sodir bo‘lgan. Yuk kemasi Lunyan shahar portida edi.
Qayd etilishicha, kema ichidagilar is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Gaz sizib chiqishi sabablari oshkor etilmagan.
Izoh (0)