Keles chegara kanalida cho‘kib ketayotgan ayolning hayoti saqlab qolindi, deb xabar berdi O‘zA.
4-may kuni DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi A. Fayzullayev va O‘zbekiston fuqarosi “Javlon Terminal Group” MChJ xodimi B. Ashurov Keles chegara kanalida cho‘kayotgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Aynur Askarovani qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Qozog‘iston chegarachilari bilan hamkorlikda ayolga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uning hayoti hozirda xavfdan holi ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)