Katta davlat kompaniyalariga xorijiy top-menejerlarni yollash majburiyati yuklatilishi mumkin. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida qayd etilgan.
Gap, xususan, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zavtosanoat”, Uzbekistan Airways, “Asaka” banki, “Kafolat”, “O‘zagrosug‘urta” va “Qizilqumsement” kompaniyalari haqida bormoqda.
Agar loyiha qabul qilinsa, unda uch oy mobaynida ushbu kompaniyalar Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlik bilan birgalikda tanlov asosida boshqaruv tarkibiga kamida bir nafar malakali xorijiy mutaxassisni jalb etishlari shart bo‘ladi.
2022-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlariga kamida 50 nafar xorijiy menejerni jalb qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)