• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘shnilarim qutqarib qolishdi, yo‘qsa o‘lardim”. Qashqadaryodagi Doniyorshayx qishlog‘iga oxirgi 14 yilda 3-sel keldi

    Qashqadaryoning Kitob tumanidagi qishloqlarga sel yopirilgani haqida xabar berilgach, “Daryo”ga Doniyorshayx qishlog‘idagi sel oqimi aks etgan video ham taqdim etildi. Mazkur videodan selning qop-qora tusda vahimali tarzda oqib kelganini ko‘rish mumkin. Sel va uning oqibatlari xususida batafsil ma’lumot olish maqsadida “Daryo” muxbiri Doniyorshayx qishlog‘ida bo‘ldi.

    Ibrohimxo‘ja Eshonov.

    Ibrohimxo‘ja Eshonov.
    Foto: “Daryo”

    — 28-mart kuni kechki payt soat 6 ga yaqin kelgan sel oxirgi 14 yil ichidagi 3-sel hisoblanadi, — deydi Doniyorshayx qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ibrohimxo‘ja Eshonov. – 2007-yil va 2015-yillarda shunday vahimali sel kelgandi. O‘shanda ham qishlog‘imiz o‘rtasidagi ko‘prik talabga javob bermaganligi sababli sel ko‘prik ustidan o‘tib, aholi xonadonlariga ham kirgandi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.

    Aholi vakillarining aytishicha, sel 28-mart kuni kechki payt soat 17:00 da tog‘ etagida yarim soat yoqqan do‘l sabab yuzaga kelgan. Ushbu qishloqda yashovchi G‘ulom Ismoilovning qo‘shimcha qilishicha o‘sha kuni yoqqan do‘l 15 santimetrga yetgan.

    Qishloqqa yoqqan do‘l.

    Qishloqqa yoqqan do‘l.
    Foto: “Daryo”

    Qishloqqa yoqqan do‘l.

    Qishloqqa yoqqan do‘l.
    Foto: “Daryo”

    — O‘sha kuni kechki payt chamasi 16:30 da tog‘ etagi qoraygach, qishloq podachisiga (mol boquvchi cho‘pon. tahririyat) telefon qilib, mollarni haydab ketishini aytdim, — deydi G‘ulom Ismoilov. – Cho‘pon mollarni haydab o‘tgach, do‘l yog‘ishni boshladi. Yarim soat yoqqan do‘l 15 santimetr qalinlikda yerni oqartirdi.

    G‘ulom Ismoilov.

    G‘ulom Ismoilov.
    Foto: “Daryo”

    — Kechki payt soat 6 ga yaqin kela boshlagan sel 2 soat davom etdi, — deydi Ibrohimxo‘ja Eshonov. – Kuchli va katta-katta yoqqan do‘l qishloq o‘rtasida joylashgan ko‘prik tagidagi “truba”ga tiqilib qolib, o‘tmay qoldi. Shunda sel ko‘prik ustiga chiqdi. Sel oqimi shunchalik kuchli ekanki, hatto ko‘prik ustidagi beton to‘siqlarni ham olib ketdi.

    Qishloqqa kirishdagi birinchi ko‘prik.

    Qishloqqa kirishdagi birinchi ko‘prik.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Doniyorshayx qishlog‘ida 2 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, biri qishloqning kirish qismida, ikkinchisi esa qishloq o‘rtasida joylashgan. Qishloq boshidagi ko‘prik tagidagi “truba” to‘rtburchak shaklidagi katta sig‘imli bo‘lganligi uchun ham do‘l aralash kelgan sel ko‘prik ustiga chiqolmagan. Qishloq o‘rtasidagi ko‘prik tagida joylagan diametri 1,5 metrlik 2 ta va diametri 1 metrlik bitta “truba”ga sig‘magan sel ko‘prik ustiga chiqib ketgan.

    Sel sig‘magan ko‘prik.

    Sel sig‘magan ko‘prik.
    Foto: “Daryo”

    — 2007 va 2015-yil kelgan kuchli sel qishloqdan 300 boshga yaqin qora mol va mayda shoxli mollarni oqizib ketgandi, — deydi Yusuf Yunusov. – Ekinlarni badnom qilgandi. Bu yil Yaratgan asradi. Shukurki, mollarni o‘z vaqtida haydab o‘tishgan. Biroq kuni kecha kelgan sel ham talofat yetkazmay qolmadi. Yo‘llarni yuvib ketdi. Aholi ekiniga zarar yetkazdi.

    Yusuf Yunusov.

    Yusuf Yunusov.
    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqda yashovchi G‘aybulla Saidov va aholi vakillarining aytishicha, sel G‘aybulla Saidovni 15 metr uzoqlikka oqizib borgan. Qishloqdoshlari yordami bilan oqimdan omon chiqqan G‘aybulla Saidov seldan juda qo‘rqqanini ta’kidlar ekan, “Qo‘shnilarim qutqarib qolishdi, yo‘qsa o‘lardim”, — deydi.

    G‘aybulla Saidov.

    G‘aybulla Saidov.
    Foto: “Daryo”

    G‘aybulla Saidov o‘sha qo‘rquv sabab haligacha yaxshi uxlolmayotganini bildirdi. “Shukurki, patronaj hamshiralar keldi. Dori berishgach, ahvolim yaxshilandi”, — deydi sel oqimidan omon chiqqan suhbatdosh.

    Kitob tuman tibbiyot birlashmasi 13-QOP patronaj hamshirasi Oysha Safarovaning aytishicha, seldan so‘ng qishloq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot xodimlaridan iborat 5 kishilik guruh tashkil etilgan. Aholi ruhiyatini ko‘tarish va iflos suvdan yuquvchi kasalliklar oldini olish maqsadida aholiga tekin dori-darmon tarqatilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillarining ma’lumot berishicha, qishloqda seldan hech kim jabr ko‘rmagan. 5–6 ta xonadon hovlisiga kirib borgan loyqa suv tozalangan. Ekin maydonlariga ham yetmagan. Biroq sel qishloqqa olib kiruvchi taxminan 500–600 metr uzoqlikdagi yo‘lni butkul yuvib ketgan.

    Sel yuvib ketgan yo‘l.

    Sel yuvib ketgan yo‘l.
    Foto: “Daryo”

    — Sel yo‘ldan 1 metr balandlikda dengiz bo‘lib oqdi, — deydi Ma’mur Akbarov. – Yo‘lida uchragan narsani oqizib ketdi. Hatto aholi uylari orqasidagi qalin trubalarni ham oqizib ketdi.

    Hududda yashovchi Ismoil Mo‘minovning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shnisining 6 sotix yerda ekilgan kartoshka va piyozini ham sel yuvib ketgan. Ekin loyga botgan.

    01.04.2019, 10:30   Izoh (0)   70735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ucell o‘z ulushining bir qismini sotishi va uni ishonchli boshqaruvga topshirishi haqidagi xabarlarni rad etdi

    01.04.2019, 10:12

    Abdulaziz Komilov Qozog‘istonning yangi elchisi Darxan Satibaldini qabul qildi

    01.04.2019, 09:50

    TIV Yoqutistonga ishlashga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

    31.03.2019, 22:15

    Samarqand viloyati hokimi o‘zi o‘qigan uchta maktabga kitoblar sovg‘a qildi va eng yaxshi kitobxon oilaga Spark va’da qildi

    31.03.2019, 22:14

    O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatga barham berishga mas’ul vakillari Bryusselda muzokaralar olib boradi

    31.03.2019, 22:00

    Bosh prokuror Otabek Murodov Buxoroda sayyor qabul o‘tkazadi

    31.03.2019, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.