Ucell uyali aloqa operatori o‘z ulushini sotish yoki uni xorijiy kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
O‘tgan yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Telia Company kompaniyasining 100 foizlik ulushini 215 million AQSh dollariga sotib olgan.
Joriy yilning boshida Ucell aksiyalarning bir qismi sotishi yoki xorijiy kompaniyalarga ishonchli boshqaruv asosida topshirishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Xususan, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ayrim kompaniyalari nomi ham tilga olingan.
“Men kompaniya ishonchli boshqaruvga berilishi bo‘yicha bunday muzokaralar o‘tkazgani to‘g‘risida eshitmadim. Menga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday qaror umuman qabul qilinmaydi. Kompaniya O‘zbekiston xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qarashli va bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Bundan mish-mishlarni bartaraf etish uchun kompaniya tarmoqni yangilash uchun o‘z hisobidan 600 milliard so‘mga yaqin investitsiya kiritishini ma’lum qilmoqchiman”, — degan Ucell bosh direktori Vladimir Kravchenko.
Izoh (0)