Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Buxoro viloyatida quvvati 240 megavattli issiqlik elektr stansiyasini quradi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Bu Toshkentda energetika vaziri Alisher Sultonov va Cengiz Enerj kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz o‘rtasida imzolangan kelishuvda ko‘zda tutilgan.
Loyiha davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshiriladi. IES qurilishi uchun Kogon tumani, Quyimozor suv ombori yaqinidagi hudud tanlandi.
Tabiiy gazda ishlaydigan IES ikki gaz va bitta bug‘ turbinasidan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)