“Navoiy” chegara-bojxona postida bojxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Rossiya fuqarosi T.M. boshqaruvidagi Toyota Camry rusumli avtomashina to‘xtatilib, uning hujjatlari tekshirildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tekshiruv davomida ushbu avtomashina Rossiyadan olib qochilganligi aniqlandi va haydovchi qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga xabar berildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)