Joriy yil 21-mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan distillangan yog‘ kislotalari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘chirildi.
Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jarohat olganlar yo‘q.
Izoh (0)