Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar va xalq sayllari o‘tkazilishi munosabati bilan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab avtotransport harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Transport qatnoviga cheklov 21 va 22-mart kunlari amalda bo‘ladi.
Poytaxt ma’muriyati yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)