Samarqand viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xorijiy tillar bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv kurslari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur o‘quv kurslari institut kafedralarida faoliyat olib borayotgan malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan innovatsion va interfaol usullardan foydalangan holda olib borilmoqda.
Samarqand shahriga xorijdan kelgan sayyohlarga ko‘mak berish va ular bilan muloqot qilishda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan chet tillarini mukammal bilish talab etiladi.
Izoh (0)