2018–2019-yillarda Qashqadaryo viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan jami 366 nafar askarga imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qilmoqda.
Ahror Sodiqovga ko‘ra, bu — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli viloyatdagi 11 ta harbiy qismda o‘tkazilgan o‘quv-seminarlarga 679 nafar harbiy xizmatchi qamrab olindi, — deydi O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi direktori Adham Tohirov. – Saralash ikki bosqichda olib borildi — test va insho ko‘rinishida. Yakunda 366 nafar muddatli harbiy xizmatchi imtiyozli kreditlar olishga loyiq deb topildi”.
Izoh (0)