Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Ko‘krak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiniyuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari taqdirlanadi.
Nishon O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin.
Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida topshiriladi.
Taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.
Izoh (0)