Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQShning StrategEast markazi tomonidan taqdirlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.
Prezident ushbu tashkilotning StrategEast Westernization Award — 2018 mukofotiga mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, qonun ustuvorligi va xususiy mulk himoyasini ta’minlash sohasidagi xizmatlari uchun loyiq topilgan.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyevning chegaraoldi muammolariga yechim topish hamda qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi alohida ta’kidlangan.
StrategEast markazi Vashington shahrida joylashgan bo‘lib, mazkur notijorat tashkilotining faoliyati postsovet davlatlarini ularning G‘arb siyosiy va ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida tadqiq etishga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)