• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kenjayev ishi: Marhumning qarindoshlari sudlanuvchilarga umrbod qamoq jazosini so‘radi

    Jamshid Kenjayev sud ishi davom etmoqda. Sud tergovi yakunlangani sababli taraflar muzokarasi qismi boshlandi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. So‘ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so‘zga chiqadi (Jinoyat-protsessual Kodeksi 449-modda).

    Qayd etilishicha, 11-mart kungi sud ishida avval davlat ayblovchisi nutq so‘zladi. Prokuror asosiy ayblanuvchiga 18 yillik qamoq jazosi so‘ragan.

    “Hurmatli sud, protsess ishtirokchilari, bir necha kun davom etgan Shodali Qilichov G‘ulomjonovichni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi ‘v’, ‘j’ bandlari, Alijon Hamrayev Ubaydullayevich, Kamoldinov Saidazim Saidakbar o‘g‘li, Yorqulov Jahongir Abdumusayevichni 277-moddasi 3-qismi ‘g’ bandi bilan ayblash haqidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqib yakunlash arafasida turibmiz. Ayblanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar, guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza xulosalari, ko‘zdan kechirish bayonnomalari va videotasvirlarda to‘liq isbotini topgan. Tergov organi tomonidan ayblanuvchilarning harakatlari to‘g‘ri malakalangan deb hisoblayman. Yuqoridagilarni inobatga olib, Qilichov Shodali G‘ulomjonovichni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlari bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashingizni va uning muqaddam sudlanganini inobatga olib, jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘talishini belgilashingizni so‘rayman. Hamroyev Alijon Ubaydullayevich, Kamoldinov Saidazim Saidakbar o‘g‘li, Yorqulov Jahongir Abdumusayevichga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashingizni va jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashni belgilashingizni so‘rayman. Shuningdek, jabrlanuvchilarning dafn marosimiga ketgan xarajatlarini sudlanuvchilardan undirishni belgilashingizni so‘rayman”, —  degan u.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Shundan so‘ng, davlat ayblovchisining nutqiga nisbatan jabrlanuvchi, marhum Kenjayevning bevasi o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tdi.

    “Hurmatli sud, Qilichov, Hamroyev, Kamoldinov va Yorqulovga nisbatan jinoyat ishida jabrlanuvchi tomon quyidagi fikrlarni bildiradi. Sudlanuvchi Qilichovga nisbatan tergov harakatlari yetarli emas. Jamshid Kenjayevga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan ushbu jinoyat o‘ta xavfli retsidivist tomonidan bajarilgan, ya’ni Qilichov bir necha marta sudlangan. Boshqa sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilayotgan 277-modda 3-qismi «g” bandi bilan ayblovni yetarli emas, deb hisoblayman. Ularga nisbatan 97-modda 2-qismi ‘a’, ‘v’, ‘j’ bandlari bilan qayta kvalifikatsiya qilishingizni so‘rayman.

    Videotasvirlarda ham ko‘rinib turibdiki, ular guruh tarzda jinoyatni sodir etishgan. Hech kim shafqat qilmagan va vaqtida yordam qo‘lini cho‘zmagan.

    Shu jinoyat sababli, bizning atigi bir yoshga to‘lgan yetim qolgan qizimiz va Jamshid Kenjayevning otasi azob chekmoqda.

    Hurmatli sud, sizdan adolatli hukm chiqarishingizni so‘rayman. Sudlanuvchilar shafqatsizlarcha guruh bo‘lib jinoyat qilishganiga e’tibor berishingizni so‘rayman”, deya o‘z e’tirozlarini bildirdi marhumning bevasi.

    Jabrlanuvchining so‘zlaridan so‘ng, sud so‘zni sudlanuvchilar tarafiga, aniqrog‘i ularning advokatlariga berdi. Dastlab, sudlanuvchi Qilichovning advokati Almat Sultonovning nutqi tinglandi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Hurmatli sudlov hay’ati, protsess ishtirokchilari, bugun Jamshid Kenjayevning o‘limi yuzasidan ko‘rilayotgan jinoyat ishida sud tergovi yakunlandi. Tomonlarning fikrlarini eshitdik. Kenjayev yaxshi inson edi, yaxshi sportchi edi. Sport musobaqalarida davlatimiz bayrog‘ini ko‘tarar edi. Kurash musobaqalarida o‘zimiz ham muxlislik qilar edik. Yutuqlarini ko‘rib xursand bo‘lganmiz. Ming afsuski, bugun oramizda shu inson yo‘q. Men o‘ylaymanki, bu ishda asosiy aybdorlar panjara ortida o‘tirgan sudlanuvchilar emas. Uning o‘sha kungi xatti-harakatlarini, janjalning oldini olish choralarini ko‘rmagan uning o‘rtoqlaridir. Qolaversa, Jamshid Kenjayev o‘z xatti-harakatlari bilan shu voqeaga asosiy sababchi bo‘lgan deb hisoblayman. Jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilinayotgan Qilichov o‘z ko‘rsatmasida 2018 yil 8 avgust kechasi ‘Aurum-898’ tungi klubida o‘z xizmat vazifasini bajarishga kelganini, soat taxminan 00:10 da Kenjayev va o‘rtoqlari mast holda kelganini, undan ichkariga pichoqni tashqarida qoldirib kirishni so‘raganini aytmoqchiman.

    Kenjayev bu pichoqni qoldirmagani, shu pichoq bilan tungi klub ichiga kirishga harakat qilgani, Qilichovning tog‘asi Sherali Ilyasov uning tungi klubga kirishiga yo‘l qo‘ymaganidan so‘ng, yuziga shapaloq urgani va janjal boshlangani, uni o‘ldirish hech kimni xayolida ham bo‘lmaganini bayon etgan. Tungi klub qo‘riqchilari Mirzayev va Ilyasovga tan jarohati yetkazilganidan so‘ng, o‘zidan qon oqayotganini ko‘rganidan so‘ng, o‘zini yo‘qotib qo‘yib shu bo‘yicha janjalda unga o‘zi bilmagan holda pichoq urganini va atrofdagilardan zudlik bilan tez yordam chaqirishni so‘raganini, oradan vaqt o‘tib, tez yordam kelgani va yaradorni shifoxonaga olib ketgani, tergov organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida jinoyatni ochishda faol yordam berganini, qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchilardan kechirim so‘raganliklarini va o‘ziga bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib olganini, voqea to‘satdan sodir etilganini hisobga olib, suddan yengilroq jazo berishni so‘radi. Guvohlar tinglanganida, tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelganda Kenjayev og‘ir ahvolda bo‘lgani, shifokorga oyog‘i og‘riyotganini aytganini, o‘zini Kenjayevning qarindoshi deb tanishtirgan shaxs “senga shu kerakmidi” deb aytganini, lekin uning o‘limiga ichki organlarning qonsizlanishi sabab bo‘lganini aytdi. Turmush o‘rtog‘i ertalab deyarli hayoti og‘ir holda bo‘lgani va otasi kirib chiqqanda vafot etganini aytdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Oliy sud plenum qarorining 2004-yil 24-sentabrdagi ‘Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida’gi qarorining 4-bandida ko‘rsatilgan holatlarni inobatga olishingizni va Oliy sud plenumining 2007-yil 27-iyundagi ‘Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida’gi qarorining 19-bandidagi holatlar bo‘yicha talablar inobatga olinib, tergov organining Qilichovga nisbatan qo‘ygan ayblovlari 104-modda 3-qismi ‘d’ bandi bilan kvalifikatsiya qilinishini so‘rayman.

    O‘sha kuni marhum pichoqni topshirganida yoki boshqalarni eshitganida, shu ishlar bo‘lmagan bo‘lar edi. ‘Qars ikki qo‘ldan chiqadi’ yoki ‘Yaxshi gapga ilon inidan, yomon gapga pichoq qinidan chiqadi’ degan gaplar bejizga emas.

    Himoyamda bo‘lgan Qilichovning oilasi bor, bir nafar bir yoshli farzandi bor. Qaramog‘ida ota-onasi bor. Shu holatlarni inobatga olib, 97-moddaning 2-qismi ‘v’, ‘j’ bandlarini 104-modda 3-qismi ‘d’ bandiga qayta malakalab, o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar organiga kelganini, qilmishidan pushaymonligini, jamoat joyidan ijobiy bahoga egaligini inobatga olib, 57-moddani qo‘llagan holda Jinoyat Kodeksi sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlashingizni so‘rayman”, — deydi Qilichovning advokati.

    Sudlanuvchi Alijon Hamrayevning advokati Baxrom Fayziyev ham nutq qildi.

    “Hurmatli raislik etuvchi, Prokuror va protsess qatnashchilari. Avvalo, Kenjayevning oila a’zolariga hamdardligimni izhor etmoqchiman. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha protsessual qonunchilikning bir necha normalari buzilganiga e’tiboringizni qaratmoqchi edim. Jumladan, Jinoyat-protsessual Kodeksining 11, 22, 82, 84, 94-95 modda talablari va Oliy sud plenumining dalillar maqbulligiga oid qarori qoidalari buzilgan.

    Shularni inobatga olib, 277-moddasining 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilishingizni va zararni undirish masalalari bo‘yicha fuqarolik sudiga murojaat etishini tushuntirishingizni so‘rayman. Odillik va insonparvarlik prinsiplarini inobatga olib, yengillashtiruvchi holatlarni qo‘llashingizni so‘rayman”, dedi u.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Sudlanuvchi Saidazim Kamoldinovning advokati Akmal Alimqulov va sudlanuvchi Yorqulov Jahongirning advokati S.Husanov ham yuqoridagi advokatlar singari himoya ostidagi shaxslarning jinoyat moddasi qayta kvalifikatsiya qilish va yengilroq jazo berilishini so‘rashdi.

    Sudlov hay’ati prokuror va advokatlarning nutqlaridan so‘ng, marhumning oila a’zolariga so‘z berildi.

    “To‘rt advokat bularni o‘sha joyda ishlagan deb aytishmoqda. Bular ishlamagan, guvohnomasi ham yo‘q. Shunchaki o‘sha joyga yig‘ilgan. Shuni inobatga olishingizni so‘rayman”, deydi marhumning amakisi Bahrom Kenjayev.

    “Advokat Shodali Qilichovga 104-modda bo‘yicha jazo so‘ramoqda. Bu uchinchi marta odam o‘ldirmoqda. Buni qanday tushunish mumkin? Bu odamga o‘yinchoq bo‘lib qolgan odam o‘ldirish. Ko‘zini yummasdan o‘ldiryapti. Qasddan o‘ldirishmoqda. O‘lib yotgan odamga pichoq tiqilmoqda. Maqsad o‘ldirish bo‘lgan. 11 kishi guruh bo‘lib o‘ldirmoqda. Qolgan yetti kishi bu yerda yo‘q. Ikkisi qochib ketgan deyishyapti. Menimcha, hech kim qidirmayapti ham. Oilasi haqida aytilgan gaplar ham noto‘g‘ri”, — deydi marhumning singlisi E’zoza Kenjayeva.

    “Buning hammasi uyushtirilgan. Videotasmada hammasini ko‘rib turishibdi. Advokatlar, prokuror ham ko‘rib turibdi. Advokatlar ham chin ko‘ngildan, odilona so‘rashmayapti. Prokuror ham o‘zining qalbidagi narsani so‘ramayapti. Sizlar hech bo‘lmasa odilona sud qilishingizni so‘rayman, umrbod qamoq jazosi berishingizni so‘rayman”, — deydi marhumning akasi Sarvar Kenjayev.

    Sud majlisi bugun, 13-mart, chorshanba kuni davom ettiriladi.

    13.03.2019, 14:24   Izoh (0)   46126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentlik haydovchi o‘zi haydayotgan mashina tomiga chiqib oldi (video)

    13.03.2019, 14:09

    O‘zbekiston Boeing 737 MAX samolyotlari uchun aeroportlarini yopdi

    13.03.2019, 13:41

    Samarqandda 200 dan ortiq Wi-Fi zona tashkil etiladi

    13.03.2019, 13:20

    Toshkentda kapotida YPX inspektori bilan harakatlangan Nexia haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi (video)

    13.03.2019, 13:02

    Navoiy shahrida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

    13.03.2019, 12:40

    Poroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisini lavozimidan ozod etdi

    13.03.2019, 11:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.