2019-yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Yo‘l xaritasiga ko‘ra, viloyatdagi madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandlar uylari, boshqa turizm obyektlari hamda aholi gavjum joylar, bozorlar, shohbekat, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, istirohat bog‘larida jami 200 dan ortiq Wi-Fi zona tashkil etiladi.
Shuningdek, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik mashrutlarida 38 ta sanitariya-gigiyena shaxobchasi ishga tushiriladi.
Izoh (0)