Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda katta tezlikda ketayotgan mashina rulini boshqaruvsiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xavfli tryukni ijro etgach, haydovchi mashina lyuki orqali o‘z o‘rniga qaytadi.
Biroq u bu bilan ham kifoyalanib qolmadi. Biroz o‘tib atrofida boshqa transport vositalari harakatlanayotganiga qaramay mashinasida qaltis drift elementlarini bajaradi.
Hozircha IIBB ushbu holatga rasmiy izoh bergani yo‘q.
Izoh (0)