• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘FA: Samvel Babayan “Bunyodkor” kafilligi ostida afv etilgan

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘zbek futbolidan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi prezidentiga maslahatchi bo‘lganligi bilan bog‘liq holatga izoh berdi.

    O‘FA

    O‘FA

    Quyida tashkilot bayonoti to‘liqligicha keltiriladi:

    “Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng iste’foga chiqarilgandi. Keyinroq tashkilot Samvel Babayanning bosh jamoadagi faoliyatini alohida o‘rganib chiqish talab etilgan o‘n mingdan ziyod maktubni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining portali orqali qabul qilib oldi. Aynan mana shu so‘rovlarga asosan 2018-yilning 15-yanvar kuni Samvel Babayanga nisbatan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ish ochdi hamda mazkur ish yakuniga qadar O‘FA Ijroqo‘mi murabbiyni futboldan chetlatdi.

    O‘rganishlar Samvel Babayan milliy terma jamoadan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan, degan xulosaga olib keldi. Shuning o‘ziyoq uning uchun terma jamoalar eshiklarini yopish uchun yetarli bo‘ldi. Biroq keyinchalik O‘FA Ijroqo‘miga “Bunyodkor” futbol klubi nomidan bildirgi taqdim etilib, Babayandan diskvalifikatsiyani olib tashlash so‘ralgan.

    “Bunyodkor” futbol klubi Babayanga kafil bo‘lish tashabbusini bildiradi va unga qo‘llanilgan intizomiy chorani yengillashtirishni so‘raydi. Zero so‘nggi vaqtlarda davlat rahbarining shaxsan o‘zi bilib-bilmay aybli qilmish qilgan va o‘z aybidan chuqur pushaymon bo‘lgan shaxslarni afv etmoqda. O‘z navbatida aybini tan olgan va uni yuvish uchun mehnat qilishga tayyor turgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik prinsipini qo‘llagan holda yordam qo‘lini cho‘zish zarur deb hisoblaymiz”, — deyiladi yozilgan bildirgida.

    O‘FA Ijroqo‘mi a’zolari mazkur xatni bir ovozdan yoqladi. Shu tariqa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ochilgan ish 2018-yilning 1-fevral kuni yopildi hamda Samvel Babayanning diskvalifikatsiyasi bekor qilindi.

    Samvel Babayan termada faoliyat olib borgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, uning termaga bosh murabbiy etib tayinlanishi borasidagi qarorning uzviy davomidir. Bu holat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga xulosa o‘rnida xizmat qilib, milliy terma jamoa bosh murabbiyi javob berishi kerak bo‘lgan aniq talablar ishlab chiqilishi vazifa sifatida O‘FA Terma jamoalar bo‘limiga topshirildi. Unga ko‘ra, milliy terma jamoani keyingi o‘rinlarda Yevropa va Lotin Amerikasi futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan, ulardagi ustun jihatlarni o‘zbekistonlik futbolchilarga o‘rgata olish salohiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, faoliyati davomida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarni qo‘lga kiritgan mutaxassis boshqarishi kerak edi. O‘FA shundan kelib chiqqan holda milliy terma jamoaga taniqlik argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni olib keldi.

    O‘FA bundan buyon Samvel Babayan O‘zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi”.

    Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (hozir O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat O‘zbekistonda amal qilishini ma’lum qilgandi.​ 2019-yilning 26-fevral kuni esa Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubida prezident maslahatchisi sifatida ish boshladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    27.02.2019, 13:08   Izoh (0)   16413
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samvel Babayan: “O‘FA diskvalifikatsiyani 2018-yil 1-fevralda bekor qilgan”

    27.02.2019, 09:49

    Azar Agueroga, Sarri esa yana Gvardiolaga qarshi. Angliya Liga Kubogi kimga nasib qiladi? (prevyu)

    24.02.2019, 20:21

    Sulsher Kloppga, Pogba esa Salohga qarshi. Barchasi “Manchester Yunayted”—“Liverpul” bahsi haqida (prevyu)

    24.02.2019, 15:26

    Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi

    24.02.2019, 08:51

    ​La Liga. Messi het-trikka erishgan o‘yinda “Barselona” “Sevilya”ni taslim qildi (video)

    23.02.2019, 22:47

    “Real”ga qarshi 2 ta o‘yin kutib turgan “Barselona” “Ramon Sanches Pisxuan”dan omon chiqa oladimi? (prevyu)

    23.02.2019, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy va Putin ikki hafta ichida Vengriyada uchrashishi mumkin — Reuters

    Dunyo | 19 avgust, 15:45

    “IIB mulozimining homilador ayolga zo‘ravonlik qilgani tasdiqlanmadi” — Shohrux G‘iyosov

    O‘zbekiston | 19 avgust, 15:37

    Britaniyalik golf o‘yinchisi pashsha yordamida 910 ming dollar yutib oldi (video)

    Layfstayl | 19 avgust, 15:25

    O‘zbekistonda mansabdorlar o‘z aybi bilan yetkazgan zararni o‘zi qoplaydigan bo‘ladi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 15:15

    Uyda robot yasayotgan qizlar: Afg‘onistonda ta’limdan mahrum bo‘lgan ayollar o‘zlari ilm izlamoqda

    Dunyo | 19 avgust, 15:00

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    UFC | 19 avgust, 14:57

    Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.