Daryo

Babayan o‘zbek futboliga qaytarilmaydi. O‘FA masalaga oydinlik kiritdi

Babayan masalasiga oydinlik kiritildi

1 daqiqa o‘qish67 726 ko‘rishlar0 izoh0

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan O‘FA tomonidan futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlashtirilgan edi. Ammo biroz vaqt muqaddam Samvel Babayan Latviya chempioni “Spartak” (Yurmala)ga bosh murabbiy etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Shu o‘rinda futbolga aloqador faoliyatdan cheklangan murabbiy qanday qilib, Latviyada faoliyat olib bormoqda degan savol futbol muxlislarini qiziqtirayotgan edi. “Championat.asia” nashri esa O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyuda Samvel Babayan masalasiga oydinlik kiritdi.

Foto: Football Channel Asia
Nashr jurnalistining “Babayan masalasi nima bo‘ladi?” degan savoliga Ahmadjonov quyidagicha javob qaytargan:
Uning borasida pozitsiyamiz o‘zgarmaydi. Milliy terma jamoadan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan deb hisoblaganimiz uchun ham yaqin orada o‘zbek futboliga qaytarishni rejalashtirayotganimiz yo‘q. O‘FA qarori faqat biz uchun amalda bo‘ladi. Xalqaro miqyosda esa omadini bersin. Endi bizning futbol faqatgina bitta insonga qarab qolmaydi, faqat bir kishi hammasini o‘z holicha hal qilib tashlamaydi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarishga intiladi. Shuningdek, nasib bo‘lsa mundialni o‘tkazib olsak, xorijlik tajribali mutaxassisni ham O‘zbekistonga olib kelamiz. Umid Ahmadjonov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti
Bundan kelib chiqadiki, Babayan Latviya chempionatida bemalol ishini davom ettirishi mumkin, ammo u taqiq olib tashlanmagunicha o‘zbek futbolida boshqa faoliyat olib bora olmaydi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar