• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Azar Agueroga, Sarri esa yana Gvardiolaga qarshi. Angliya Liga Kubogi kimga nasib qiladi? (prevyu)

    Bugun, 24-fevral sanasida Angliyada 2018/19-yilgi futbol mavsumining ilk sovrini egasi ma’lum bo‘ladi. Angliya Liga Kubogi final bellashuvida Mauritsio Sarri boshchiligidagi “Chelsi” klubi Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” bilan kurash olib boradi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Foto: Trome

    Foto: Trome
    “Uembli” stadionida o‘tadigan Angliya Liga Kubogi finali ikkala jamoaning tarixga o‘zaro 161-uchrashuvi sifatida kiradi. Tarixiy statistika London klubi foydasiga. “Aristokratlar” 65 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 39 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. “Shaharliklar” bo‘lsa 56 ta o‘yinda g‘alaba nashidasini surgan. To‘plar nisbati ham “Chelsi” tomonni ko‘rsatmoqda —  220-206. Tomonlar joriy mavsum hisobidan 4-marta o‘zaro duch kelmoqda. Mavsum avvalida (2018-yil, 5-avgust) jamoalar Angliya Superkubogi uchun maydonga tushgandi. O‘shanda “shaharliklar” Serxio Agueroning dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Superkubokni o‘ziniki qilgandi. 2018-yil 8-dekabrida esa “Chelsi” APL doirasida “Siti”ni Ngolo Kante va David Luislarning gollari evaziga mag‘lub etdi. 2 hafta oldin bo‘lsa, tomonlar APLning 2-davrasida o‘zaro duch keldi. Unda “Siti” “Chelsi”ni shunchaki tor-mor keltirdi — 6:1. Shunday ekan, bugungi o‘yin prinsipial ahamiyatga ekanligi sabab ham maydonda haqiqiy jang bo‘lishi kutilmoqda.

    Musobaqa yo‘li

    “Chelsi”

    “Chelsi”ning finalga qadar yetib kelishi bir muncha qiyin bo‘ldi. Jamoa 1/16 finalda “Liverpul”ni 2:1 hisobida katta mashaqqatlar evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, 1/8 finalda “Derbi Kaunti” ustidan 3:2 hisobidagi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Chorak finalda “Bornmut” minimal (1:0) hisobda taslim etildi. Yarim finalda bo‘lsa, hamshahari “Tottenhem”ni mag‘lub etib, finalga chiqdi. Sarri jamoasi musobaqa davomida 5 ta o‘yinda 4 ta g‘alabaga erishdi, bitta o‘yinda esa mag‘lub bo‘ldi. 9 ta gol urdi, 5 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqishga majbur bo‘ldi. Londonliklarning musobaqadagi to‘purari esa Eden Azar bo‘lib turibdi — 3 ta gol.

    “Manchester Siti”

    “Shaharliklar” esa finalga qadar bir muncha oson yo‘l bilan yetib keldi. 1/16 finalda “Oksford Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etildi. 1/8 final bosqichida “Fulhem” (2:0) taslim etilgan bo‘lsa, chorak finalda “Lester” (2:1) musobaqadan chiqarib yuborildi. Yarim finalda bo‘lsa, “shaharliklar” gollar shousini uyushtirdi. “Byorton” jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 10:0 hisobida tor-mor keltirildi. Gvardiola shogirdlari 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati esa 17-1. “Siti”ning musobaqadagi to‘purari Gabriel Jezus, uning hisobida 5 ta gol bor.

    Qiziqarli faktlar

    • “Manchester Siti”ning Liga Kubogidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi 11 ta uchrashuvga yetdi;
    • “Shaharliklar” so‘nggi 14 ta rasmiy o‘yindan 13 tasida g‘alaba qozondi;
    • “Siti” “Chelsi”ni so‘nggi 5 ta o‘yindan 4 tasida mag‘lub etgan;
    • “Chelsi” so‘nggi 6 ta rasmiy o‘yindan 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi;
    • Sarri va Gvardiola 5 bora o‘zaro duch kelgan, ulardan 4 tasida Mauritsio jamoasi mag‘lub bo‘lgan.

    O‘yindan oldingi fikrlar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Men “Sarribol” nima ekanligini bilmayman. Angliyadagi birinchi kunimda aytganimdek, hozir ham buning nima ekanligiga tushunmayman. Bu jumla qaysidir jurnaldan olingan bo‘lsa kerak. Italiyada ham bunday so‘zni hech qachon eshitmagan. Shunday ekan men hech narsani bilmayman. Hammasining yakunida eng asosiysi — natija qoladi. Har holda men shunday hisoblayman. Qachonki, jamoa natija ko‘rsata olmasa, unda tanqidlar uchun eshiklar ochiladi. Faoliyatim davomida faqatgina natijaga ehtiyojim bo‘ladi, boshqasiga emas.Mauritsio Sarri, “Chelsi” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Sarrining “Chelsi”dagi holati, mening “Siti”dagi holatimdan farq qiladi. Angliyadagi faoliyatimning birinchi yilida klub hech qachon menga shubha bilan qaramagan. OAV esa meni 1 yoki 2 ta mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga ham chiqarmagan. Ba’zan vaziyat qiyinroq bo‘ladi, shunda vaqt talab etiladi. Mauritsioning APLdagi 1-mavsumida ham shunday holat kuzatilmoqda. Men Sarri va “Chelsi” haqida yuqori fikrdaman. Agar siz “Siti”—“Chelsi” (6:0) o‘yinini ko‘rib bunga ishonmasdirsiz, ammo Sarrining jamoasi ba’zi vaziyatlarda aqlbovar qilmas ishlarni qildi.

    Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    Taxminiy tarkiblar

    “Chelsi”: Arrisabalaga – Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Emerson – Kante, Jorjinyo, Barkli – Pedro, Iguain, Azar

    “Manchester Siti”: Ederson – Uoker, Fernandinyo, Lyaport, Zinchenko – de Bryuyne, Gundo‘g‘on, Bernardu Silva – Sterling, Aguero, Sane

    Angliya Liga Kubogi

    Final bellashuvi

    24-fevral, yakshanba

    “Chelsi”—“Manchester Siti” 21:30

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.02.2019, 20:21   Izoh (0)   17482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sulsher Kloppga, Pogba esa Salohga qarshi. Barchasi “Manchester Yunayted”—“Liverpul” bahsi haqida (prevyu)

    24.02.2019, 15:26

    Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi

    24.02.2019, 08:51

    ​La Liga. Messi het-trikka erishgan o‘yinda “Barselona” “Sevilya”ni taslim qildi (video)

    23.02.2019, 22:47

    “Real”ga qarshi 2 ta o‘yin kutib turgan “Barselona” “Ramon Sanches Pisxuan”dan omon chiqa oladimi? (prevyu)

    23.02.2019, 14:39

    “Chelsi”—“Dinamo Kiyev”, “Arsenal”—“Renn”. Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi

    22.02.2019, 17:48

    YChL. “Yuventus” “Atletiko”ga yutqazib qo‘ydi, “Man Siti” esa “Shalke-04”dan ustun keldi (video)

    21.02.2019, 06:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.