23-fevral, shanba kuni (Toshkent vaqti bilan 24-fevral tongida) professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba) o‘zining 7-jangini o‘tkazdi.
Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puerta (25 ta g‘alaba, 11 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) raqiblik qildi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgandi.
Ammo Shahramning 5-raunddagi faolligi raqibining nokautga uchrashiga olib keldi va hakam jangni muddatidan avval yakunlashga qaror qildi. Natijada o‘zbekistonlik bokschi professional boksdagi 7-jangida nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Puerto esa faoliyatidagi 12-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)