26-fevral kuni o‘zbek futbolidan umrbod chetlatilgan Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi prezidentiga maslahatchi bo‘lganligi haqida xabar berilgandi. CA nashri esa Babayandan kichik intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi.
Quyida suhbat to‘liqligicha taqdim etiladi:
— Siz O‘FA tomonidan diskvalifikatsiya qilingan edingiz...Ma’lumot uchun, Samvel Babayan O‘FF (hozir O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat O‘zbekistonda amal qilishini ma’lum qilgandi.— 2018-yil 1-fevral kuni O‘FA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan diskvalifikatsiya olib tashlangan. Shu bois bugungi kunda o‘z faoliyatimni davom ettira olaman.
— O‘zbekistonga qaytdingiz...
— Ha, “Lokomotiv” klubidan taklif tushgani uchun O‘zbekistonga qaytishga va mamlakat futboli rivoji uchun ishlashga qaror qildim.
— Qanday sabab bilan “Lokomotiv” taklifini qabul qildingiz?
— Buning sababi “Lokomotiv” infratuzilma borasida yangi darajaga chiqmoqchi. Bunga qadar akademiya, futbol maktabi yo‘q edi. Klub bir necha bor chempionlikka erishdi. Endi esa “Lokomotiv” “yangi Jeparov”, “yangi Ahmedov”larni tarbiyalamoqchi. Men bir necha yil davomida “Paxtakor”da ishlaganim bunda qo‘l kelishi mumkin. O‘z tajribam bilan “Lokomotiv”ga yordam berishni istayman.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)