Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonda Tojikiston fuqarosi 12-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Hodisa 19-fevral kuni Viborg tumanidagi Pargolovo hududida sodir bo‘ldi. “Shuvalovskiy duet” qurilishida tojikistonlik ishchi ehtiyotsizlik oqibatida lift shaxtasiga tushib ketgan.
Migrant og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Unda umurtqa va boshqa suyaklarning sinishi, bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan.
Hozirda Tojikiston fuqarosi jonlantirish bo‘limida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sankt-Peterburgda qurilish ishlari vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushib, omon qolgani bildirilgandi.
Izoh (0)