21-fevral kuni 10 yildan buyon AQSh dollaridan milliy valyuta sifatida foydalanib kelgan Zimbabve o‘zining yangi valyutasini yaratishga qaror qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Zimbabve Markaziy bankining ma’lum qilishicha, banklarda saqlanayotgan AQSh dollariga bog‘langan raqamli dollarlar va surrogat valyutalar endi Amerika dollari bilan 1:1 nisbatda almashtirilmaydi.
Qayd etilishicha, bunday qaror chiqarishga qora bozorda qimmatga sotilgani uchun naqd AQSh dollari miqdorining kamayib ketgani sabab bo‘lgan.
Raqamli dollarlar va surrogat valyutalar RTGS (Real Time Gross Settlement — real vaqtdagi yalpi hisob) deb qayta nomlangan bo‘lib, ular yangi banklararo valyuta bozorida savdo qilinadi.
Izoh (0)