Venesuelaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida harbiy attashe polkovnik Pedro Chirinos Venesuela muxolifatining yetakchisi Xuan Guaydoni davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tan olgan, deya xabar beradi “TASS”.
AQShning Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Boltonning ma’lum qilishicha, Venesuelaning BMTdagi harbiy attashesi polkovnik Pedro Chirinos Xuan Guaydoni Venesuelaning prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi deb rasman tan olingan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda polkovnik Pedro Chirinos bugungi kundan boshlab hokimiyatda noqonuniy turgan Nikolas Maduroning hukumatiga bo‘ysunmasligini ma’lum qilganligi aks etgan video tarqalgan.
“Men Xuan Guaydoning rahbarligida o‘tish davri hukumatini tan olaman va unga bo‘ysunaman”, — deydi u.
Izoh (0)