SSSRning sobiq prezidenti o‘zi matoga surat chizishdan bosh tortib, unga faqatgina imzo chekishga rozi bo‘lgan, deya xabar beradi “TJournal”.
19-fevral kuni “12 stul” auksion uyida bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosida sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyov tomonidan imzolangan san’at asari sotilgan.
Unda Gorbachyov imzosi hamda qora marker bilan yozilgan “Kechirasiz” yozuvi bor.
Rassom haqida ma’lum bo‘lgan narsa bu uning nomi — Ivanov V.
Lot 100 mingdan boshlangan bo‘lsa-da, surat 12 million rublga 10 daqiqada sotildi.
Asarni telefon orqali anonim xaridor sotib olgan, u auksion uyining mukofotini qo‘shib 13,8 million rubl to‘laydi.
Izoh (0)