17-fevral kuni Meksikaning Istapalapa okrugida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Oqibatda 4 nafar erkak va bir ayol halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan.
Qayd etishicha, bir guruh yoshlar spirtli ichimlik ichib o‘tirgan vaqtda ular oldiga mashina kelib to‘xtagan. Undan to‘rt kishi tushib o‘tirganlarga qarata o‘q uzgan va voqea joyidan yashiringan.
Hodisa yuzasidan mahalliy prokuratura tergov ishlari olib bormoqda.
Izoh (0)