Rossiya tomonidan yaratilayotgan tankka qarshi ko‘chma boshqariluvchi raketa kompleksi NATO tanklari uchun jiddiy tahdid bo‘lishga qodir, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Yangi kompleks haqida ma’lum qilgan Mudofaa vazirligining raketa va artilleriya bosh boshqarmasining ilmiy-texnika qo‘mitasi rahbari Roman Spirinn, buni Moskvaning Amerikaning Javelin tizimiga javob sifatida qarash mumkinligi va uning haqiqiy “tanklar qotili” bo‘lishini ta’kidlagan.
“Yangi raketa kompleksi innovatsion bo‘lib, u ‘Fire and Forget’ (o‘t och va unut) tamoyiliga asoslanib foydalanishga mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.
Bu tamoyil raketalarni kichik o‘lchamli tayyorlanmagan binolardan va o‘t ochish mudofaa inshootlaridan ishga tushirish imkonini beradi.
Izoh (0)