Illinoys shtatining Aurora shahridagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida faoliyat yuritgan xodim o‘zining ishdan bo‘shatilganlik haqidagi xabarni olgach, beshta hamkasbini otib o‘ldirgan, deya xabar beradi “Meduza”.
Xodimlardan biri kasalxonaga yotqizilgan.
O‘q uzgan 45 yoshli Gari Martin hodisa joyiga yetib kelgan besh nafar politsiyachiga ham o‘q uzgan. U voqea joyidan yashirinishga urungan paytida o‘ldirilgan.
Martin kompaniyada 15 yil ishlagan.
Izoh (0)