Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi kurashish uchun Arktikada o‘z harbiy ishtirokini oshirishni maqsad qilgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Qirollik mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning so‘zlariga ko‘ra, London Norvegiya bilan hamkorlikda o‘n yillik hamkorlik dasturini amalga oshirishni boshlagan.
Minglab Britaniya askarlari har yili Norvegiyalik hamkasblari bilan o‘qitiladi va amaliyot o‘taydi.
Vazirning qayd etishicha, Atlantika okeanida so‘nggi yillarda Rossiyaning suv osti kemalari faoliyati o‘n barobar ortgan.
Izoh (0)