Vashington Yevropadagi ittifoqchilardan yangi simsiz tarmoqlarda Xitoyning uskunalaridan foydalanishni taqiqlash uchun bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Donald Tramp ma’muriyati yaqin kunlarda Qo‘shma Shtatlarda shunday taqiq qo‘yish uchun tayyorlanmoqda.
Vashingtonning asosiy maqsadi Xitoy kompaniyalari, jumladan Huawei’ga, Amerikaning beshinchi avlod mobil aloqa tizimiga (5G) kirishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. AQSh rasmiylari avvalroq Huawei Xitoyning razvedka xizmatlari bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori Men Wanchjouning AQShning iltimosi bilan Kanadada qo‘lga olinganidan so‘ng dekabr oyining boshida dunyo hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lgan.
Nyu-York prokuraturasi uni Eronga qarshi AQSh savdo sanksiyalarini buzganlikda ayblagan.
Izoh (0)