Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) inspektorlari Shimoliy Koreyaning yadro obyektlarini tekshiruvdan o‘tkazadi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Pxenyan bunga rasman ruxsat bergan bo‘lib, tekshiruv muddati va joyi AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muzokarada muhokama qilinadi. Uchrashuv fevral oxirlarida Vyetnamda bo‘lib o‘tadi.
Shimoliy Koreya vakillari tekshiruv ishlariga aralashmaslikka va tashkilot inspektorlari xavfsizligini ta’minlashga va’da bergan.
Izoh (0)