Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi F.Yu. 2-fevral kuni IIBga murojaat qilib, 1-fevral kuni soat taxminan 11:30 da rafiqasi S.Yu. dugonasi M.M. bilan birga uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari va fuqarolarning faol ishtiroklari tufayli S.Yu. va M.M. Buxoro shahridan sog‘-salomat topildi.
“O‘z o‘rnida, boshqalar taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining 9-fevraldagi axborotida.
Izoh (0)