Fevral oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Ground Zero bilan birga yangi kovorking markazi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kovorking markazining muhim vazifalaridan biri — yangi ish o‘rinlarini yaratish, OTM bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishdir.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tganlar uchun kovorkingda ishtirok etish va qatnashish bo‘yicha imtiyozlar mavjud.
Shuningdek, yangi filialda ishga joylashmagan O‘zbekiston fuqarolari uchun seminar, trening va psixologik seminarlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Kovorkingda ish qulayligi uchun qulay mebel, Wi-Fi, shuningdek, dam olish va oshxona maydonlari mavjud. Turli tadbirlar o‘tkazish uchun ivent-hudud va konferens-zal tashkil etiladi.
Izoh (0)