4-fevral kuni soat taxminan 19:20 da Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi A.K., Sh.A., E.N. va Muborak tumanida yashovchi N.Sh. Mustaqillik ko‘chasida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchisi U.A.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, ular shu yo‘l bilan “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchidan 505 ming so‘m pul va iPhone telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.
Xabar berishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)