Hukumat qarori bilan Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Obyektlarni noyob ilmiy obyektlar deb topish Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq, noyob ilmiy obyekt deb hisoblashda obyektlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
obyektning respublikada yagonaligi;
obyektning ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi va ilmiy tadqiqotlarda foydalanilayotgan bo‘lishi;
tegishli sohada ushbu obyektsiz fundamental yoki amaliy tadqiqot olib borishning imkonsizligi;
obyektning moddiy jihatdan yuqori qiymatga egaligi.
Obyektlarni noyob ilmiy obyektlar deb topish bo‘yicha takliflar 1-aprelgacha qabul qilinadi hamda 30-aprelgacha noyob ilmiy obyektlar deb topilgan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Tasarrufida noyob ilmiy obyekt bo‘lgan muassasa rahbari obyektning saqlanishi uchun javobgardir.
Izoh (0)