• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda yana qurilish muammosi: O‘z uyidan quvilayotgan samarqandlik oila viloyat hokimi Erkinjon Turdimovdan najot kutmoqda

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahar Nodirabegim ko‘chasi 4-uy 12-xonadonda yashovchi fuqarolar Safarali Eshonqulov va Sadaf Gadoyevalar murojaat qilib, 30 yildan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan uyini “Temp stroy torg” MChJ tomonidan majburiy tarzda buzib tashlanayotganligini bildirib o‘tgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur masala yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi. Uy muammosi sababli 2018-yilning 22-dekabr kuni Safarali Eshonqulov bosh miya qon aylanishining buzilishi natijasida og‘ir betob bo‘lib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali shoshilinch nevrologiya bo‘limida yotib chiqqanligi, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra ortiqcha harakat mumkin emasligi sababli arizachining o‘g‘li Furqat Muhammadiyev yuzaga kelgan muammolar haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilar yashayotgan Samarqand shahridagi Nodirabegim ko‘chasi 2 va 4-uylar o‘rniga Samarqand shahrining sobiq hokimi Vohid Rahimovning 2017-yil 14-avgustdagi №1491-Q sonli qarori asosida turar joy binolari qurishga ruxsat berilishi belgilangan. Mazkur qarorning 2-qismida ushbu manzilda yashovchi fuqarolarning rozilik xatlarini olish sharti bilan zamonaviy arxitektura loyihasi hujjatlari asosida 5 qavatli turar joy binolari qurishga ruxsat berilgan. Furqat Muhammadiyevning bildirishicha, quruvchi tashkilot fuqarolarning roziligini olmasdan turib, ularni ko‘chib ketishga majbur qilishmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Biz yashab kelayotgan uy 2 qavatli bo‘lib, 12 xonadondan iborat. Bu yerda ota-onam, turmush o‘rtog‘im, farzandlarim, qolaversa ukamning oilasi, jami bo‘lib 16 kishi yashaymiz. “Temp stroy torg” MChJ rahbari Sherzod Musinov qo‘shnilarimizga katta-katta va’dalar berib, shartnoma tuzib uylarini bo‘shattirdi. Biz esa shartnomada ko‘rsatilgan va’dalarini bajarishiga ishonch hosil qilish uchun quruvchining hujjatlarini qonuniy yoki noqonuniyligini tekshirib ko‘rishimizni bildirdik, – deydi Furqat Muhammadiyev. – Agar barchasi qonuniy bo‘lsa, zamonaviy uy qurilishiga qarshi emasligimizni va kelishuvga tayyor ekanligimizni aytib, quruvchidan zarur hujjatlarni ko‘rsatishini so‘radik. Lekin quruvchi bizlarga hech qanday hujjatlarni taqdim eta olmadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan tashkilot rahbari Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining uyimizdan majburiy tartibda chiqarilsin degan qarorini olib keldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi N.Baratovning 2018-yil 16-apreldagi qarori asosida Safarali Eshonqulov yashaydigan Nodirabegim ko‘chasidagi 2-uy, 9-xonadon buzdirilishi belgilangan bo‘lsa, sudya Sh.Ramazonovning 2018-yil 14-may kungi ajrimiga asosan Sadaf Gadoyeva yashaydigan 4-uy, 12-xonadon davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilayotganligini munosabati bilan deya ajrim chiqargan va FIB Samarqand shahar sudining 2018-yil 14-maydagi Sadaf Gadoyevani uy-joydan ko‘chirish va uyni majburiy buzish haqidagi qarorini o‘z kuchida qoldirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Temp stroy torg” MChJ qurilishi ko‘zda tutilgan uy hech qanday davlat va jamoat ehtiyoji uchun qurilishi belgilanmagan. Furqat Muhammadiyevning ta’kidlashicha, quruvchi davlat va jamoat ehtiyoji uchun degan bahona bilan fuqarolarni tez va oson yo‘l bilan ko‘chirishni maqsad qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi esa o‘tkazilgan sud hukmining bayonnomasida xonadon egalari Safarali Eshonqulov va Sadaf Gadoyeva sud majlisiga uzrli sababsiz kelmaganligini qayd etgan.

    – Sud bizni sud majlisiga kelmaganlikda ayblagan. Axir 30 yildan buyon yashab turgan uyimiz buzilish arafasida turibdi, nahotki biz sudda ishtirok etmasak. Bizni bu sud haqida hech kim ogohlantirmagan, – deydi Furqat Muhammadiyev. – Pochta orqali xat yuborganmiz deb qandaydir kvitansiyani ko‘rsatdi. Biroq men bu kvitansiya qalbaki ekanligini aniqladim. Hatto shahar sudi sudyasi N.Baratovga bizni chaqirmasdan sirtdan chiqargan qarorini bekor qilishini va bizning ishtirokimizda qayta ko‘rishini so‘rab ariza yozdik. Sud bo‘lishi haqida xabarimiz yo‘qligini isbotlovchi hujjat bo‘lsa-da, sudya bunga e’tibor qilmay arizamizni rad etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xonadon egalari FIB Samarqand shahar sudining qaroridan norozi bo‘lib viloyat sudiga shikoyat arizasi kiritgan. Biroq viloyat sudi ham shahar sudi chiqargan qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

    – Biz quruvchi huquqlarimizni poymol qilib, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga zid ravishda sudlar tomonidan qarorlar qabul qildirib olayotganligi, quruvchi tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar bo‘layotganligini ta’kidlab barcha huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralariga murojaat qilsak-da, natijasi bo‘lmadi. Murojaatlarimizning birontasiga haligacha javob xati olganimiz yo‘q, — deydi Furqat Muhammadiyev.

    Xonadon egalari 2018-yil 22-avgust kuni Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi 54-maktabda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabulida bo‘lib yuzaga kelgan muammo haqida aytgan. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov shahar hokimi Furqat Rahimov va viloyat mahalla raisi M.Boboyorovga masalani joyida o‘rganib ijobiy hal qilishini buyurgan. Biroq natija bo‘lmagan. Shundan so‘ng 2018-yilning 14-oktabr kuni Sattepo massividagi akademik litseyda bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda ikkinchi bor viloyat hokimi bilan uchrashib, fuqarolar 30 yildan beri yashab kelayotgan shaxsiy uyidan Majburiy ijro byurosi tomonidan majburiy chiqarishmoqchiligini bildirib o‘tgan.

    – Viloyat hokimi bizga “Hech kim sizlarni o‘z uyingizdan majburiy chiqara olmaydi, bunga hech kimning haqqi yo‘q. Boshqa xonadon egalari o‘z xohishi bilan chiqib ketgan bo‘lsayu, 3 ta xonadonda fuqarolar qolgan bo‘lsa ham sizni majburlab chiqara olmaydi” deb ta’kidlab o‘tdi, – deydi Furqat Muhammadiyev. – Erkinjon Turdimov Samarqand shahrida noto‘g‘ri va noqonuniy qurilishlar bo‘layotganligi sababli O‘zbekiston Bosh Vaziri Abdulla Aripov tomonidan shahardagi barcha qurilish ishlari, qurilishga oid ishlar, qurilishga ruxsat berilishlar Samarqand shahrining bosh rejasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida qaror mavjudligini ham bildirib o‘tdi.

    Furqat Muhammadiyevning bildirishicha, muammosi hal bo‘lavermagach, viloyat hokimining 2018-yilning 24-noyabr kuni Paxtachi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulida bo‘lib uchinchi bor hokim bilan uchrashishgan.

    – Viloyat hokimi bilan uchinchi uchrashuvda bizni quruvchi bilan birgalikda qabuliga kelishimizni, masalani yuzma-yuz o‘rganib hal qilishini bildirib o‘tdi. Viloyat hokimiyati xodimi O‘tkir Hamroqulovga ushbu uchrashuvni tashkil qilishni buyurdi. O‘tkir Hamroqulov muammoni hal qilish maqsadida hatto uyimizga keldi va viloyat hokimining qabuliga kirishga kelishib oldik. Lekin ushbu uchrashuvga quruvchi kelmadi. Quruvchi fuqarolarga bergan va’dasini bajara oladigan bo‘lsa, nega viloyat hokimi qabuliga kirishdan qochib yuribdi, – deydi Furqat Muhammadiyev.

    Safarali Eshonqulov, Sadaf Gadoyeva va ularning 16 nafar oila a’zolarini Sud qaroriga ko‘ra Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan majburiy ko‘chirish choralari ham ko‘rilgan. Biroq fuqarolarning qarshiligi sabali ijro to‘xtatilgan.

    Mazkur masala yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi A.Zakirovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2018-yil 11-dekabrdagi ajrimi bilan ushbu sudning 2018-yil 25-sentabrdagi ajrimi bekor bo‘lib, ijro harakatlari olib borilmoqda.

    – Bizni yashab turgan o‘z uyimizdan majburiy chiqarish yuzasidan sudning qarori chiqishi ham, sud qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining ijro harakatlari ham juda tez ravishda amalga oshirildi. Buning sababi esa oddiy. Hozirda “Temp stroy torg” MChJning huquqshunosi bo‘lib ishlayotgan Akmal Imomov avval Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasida boshliq o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, – deydi Furqat Muhammadiyev. – Akmal Imomov yashab turgan uyimizni biz qarshilik qilsak ham majburiy chiqarishini aytib o‘tdi. U bizning murojaatimiz hech qayerga o‘tmasligini, o‘zini bir nechta tumanlarda prokuror bo‘lib ishlagani, Oliy sudda ham, Bosh prokuraturada ham, viloyat prokuraturasiyu, viloyat Adliya boshqarmasida ham tanishlari ishlashini, Oliy sud ham o‘z qarorini quruvchi foydasiga chiqarishini bildirdi. Biz Oliy sudga murojaat qildik. Afsuski, Oliy suddagilar ham qo‘limizdagi hujjatlar ham, og‘zaki murojaatlarimizga ham e’tibor qilmay, rozi yoki norozi emasligimizni so‘ramasdan 2018-yil 21-dekabrda 21 nafar fuqaroni majburiy tarzda o‘z uyimizdan quruvchi topgan kvartiraga ko‘chirishga qaror chiqardi. Bu bilan MChJ yuristi Akmal Imomov aytgan so‘zlarning isbotiga amin bo‘ldik.

    Mazkur masala yuzasidan joriy yilning 19-yanvar kuni Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Furqat Rahimov, arizachi Furqat Muhammadiyev, “Temp stroy torg” MChJ rahbari hamda Nodirabegim ko‘chasi 2 va 4-uylarda yashovchi fuqarolar ishtirokida 3 soatdan ortiq vaqt davomida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uzoq muhokama qilingan yig‘ilish yakunida quruvchi tashkilot rahbari Safarali Eshonqulov va Sadaf Gadoyevalarga ular yashayotgan hudud atrofidan hozirda yashayotgan uy ekvivalentidagi uydan olib berish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mazkur kelishuv bo‘yicha bayonnoma tuzilib, tomonlar ushbu bayonnomaga imzo chekishdi (Ushbu kelishuvni tasdiqlash, kelgusida quruvchi yoki xonadon egasi o‘z so‘zidan tonmasligi uchun “Xabar.uz” sayti muxbiri Karimberdi To‘ramurod, “Nuz.uz” sayti muxbiri Toshpo‘lat Rahmatullayev, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev, shahar hokimligi yuristi ham imzo chekishdi).

    Kishini ajablantiradigan jihati shundaki, shahar hokimligida ko‘pchilik ishtirokida bo‘lib o‘tgan kelishuvda uy olib berishga va’da qilgan “Temp stroy torg” MChJ rahbari o‘z va’dasiga turmasdan 1-fevral kuni Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan kelib Safarali Eshonqulov va Sadaf Gadoyevalarni ularning oila a’zolari bilan birgalikda majburiy tarzda uyidan chiqarmoqchi bo‘lishgan.

    – Quruvchi tashkilot rahbari uy olib berishga va’da berdi. Bunga o‘zingiz ham guvohi bo‘ldingiz. Ammo ko‘rib turganingizdek u so‘zida turmadi. Xo‘sh, aytingchi endi ham o‘sha quruvchiga ishonib bo‘ladimi? Unga ishonib uyimizdan chiqib ketsak, ertaga ko‘chada qolamizku. Qo‘shnilarimiz quruvchiga ishonib o‘z uyini o‘zlari buzib chiqib ketishgandi. Endi bo‘lsa, quruvchi uylaringni men buzganim yo‘q, yashamoqchi bo‘lsalaring o‘zlaring ta’mirlab olinglar deb turibdi, – deydi Furqat Muhammadiyev. – Bizni qiynayotgan muammoga faqatgina viloyat hokimi Erkinjon Turdimov yechim topa oladi. Biroq quruvchi biz bilan birgalikda hokim qabulida bo‘lishni istamayapti. Agar quruvchi mana shu tarzda tanish-bilish qilib ish tutadigan bo‘lsa, men va oila a’zolarimiz yo‘chada qolishimiz aniq.

    07.02.2019, 16:10   Izoh (0)   29242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda PPX xodimi avtomobilni avtobus bekatida qoldirgani uchun jarimaga tortildi

    07.02.2019, 15:55

    Elektron hisobvaraq-fakturalar soliq to‘lovchilar uchun ko‘plab qulayliklarni taqdim etmoqda

    07.02.2019, 15:54

    Qashqadaryoda IIB xodimiga pora bergan shaxs qo‘lga olindi

    07.02.2019, 15:53

    Adliya vazirligi xalqaro shartnomalar loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi

    07.02.2019, 15:40

    Prokuror Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha voqealar aks ettirilgan videoni sudga taqdim etdi

    07.02.2019, 15:30

    Majburiy ijro byurosi binosida BMT Taraqqiyot dasturi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    07.02.2019, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Rodrigoni qanchaga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 24 iyun, 12:34

    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

    Reklama | 24 iyun, 12:14

    “Ko‘zlari qisiq” xitoylik erkak elektromobilni hayday olmayapti — charchoqni aniqlovchi tizim uni uxlayapti deb o‘ylab, avtomatik to‘xtaydi

    Qo‘ziqorin | 24 iyun, 12:32

    Toshkentda “Olmazor yoshlarni sevadi — Bitiruvchi 2025” shiori ostida gala-konsert o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 12:26

    Unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo tomosha qilishga arziydigan turk filmlari

    Kino | 24 iyun, 12:16

    MSI “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmining 30 yilligiga bag‘ishlab tematik kompyuterlarni taqdim etdi

    Gadjetlar | 24 iyun, 11:56

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtiriladi

    Dunyo | 24 iyun, 11:39

    Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa klubidan taklif chiqdi

    Sport | 24 iyun, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.