Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida o‘smir portlab ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tojikiston IIV matbuot markaziga ko‘ra, mahalliy maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sirojiddin Rajabov halok bo‘lgan. U poligon hududida metallolom yig‘ish paytida granatomyotning yorilmay qolgan o‘qiga duch kelgani bildirilmoqda.
O‘smir voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)